O’zimni sevardim………
Quvonch emas qayg’uga hamroh bo’ldim
Yahshigamas omonga gumroh bo’ldim
O’zgalarmas nega aynan men o’ldim
Agar senga o’hshasam men o’zimni sevardim
Nasib etdi faqat ayriliq menga
Bahtli onlar hamrohdir faqat senga
Visol lahzalari nasibdur kimga
Agar senga o’hshasam men o’zimni sevardim
Qismatim Zaynabga o’hshab ketadi
Kumush ko’zlarimni yoshlab ketadi
Otabegim meni tashlab ketadi
Agar senga o’hshasam men o’zimni sevardim
Majnunlar Layliga etdi tobora
Zuhrolar Tohir deb ketdi tobora
Yolg’iz Oysha seni deya ovvora
Agar senga o’hshasam men o’zimni sevardim
Sensiz yashay olish qo’limdan kelmas
Ko’zimdagi yosh-ku soydagi selmas
Sog’inib sevganim egasi bilmas
Agar senga o’hshasam men o’zimni sevardim
Hayr degan edim alvido emas
Ko’zimdagi yosh-ku soydagi selmas
Bu dunyoda meni g’amlar ham sevmas
Agar senga o’hshasam men o’zimni sevardim………