3.
Usmonov_Dilmurod_Usmonovich
[Usmonov]
(07.07.2008 15:10)
0
Yuragim sal injiqroq, Qo’y degani bilmaydi. Sizdan boshqa yurakni, Nazariga ilmaydi. Sizga sodiq qul emish Manga quloq solmaydi. Qaysar huddi o’zizdek, Unga gapim o’tmaydi. Tunda rosa urindim, Tong otguncha og’rindi. Shorlik Mandan arazlab, Rosa sizni sog’indi. Bedavo ishq dastidan Bag’rim qondir, qon dilim. Bemor yurak xoliga, Rahmiz kelsin sevgilim!
|